Abduvohid Ne’matov mundial rekordiga hissa qo’shdi

  • 04.07.2026 08:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2026 yildagi jahon chempionatida oʻz darvozasiga kiritilgan toʻplar soni boʻyicha yangi rekord qayd etildi — musobaqada avtogollar soni 13 taga yetdi. Bu haqida statistikaga ixtisoslashgan Opta Sport portali maʼlum qildi.

Manbaga koʻra, avvalgi rekord 2018 yilda Rossiyada oʻtgan jahon chempionatida oʻrnatilgan edi. Ōshanda futbolchilar musobaqa davomida oʻz darvozalariga jami 12 ta toʻp kiritgan.

Yangi rekord qayd etilishiga sabab boʻlgan navbatdagi avtogol Misr terma jamoasi himoyachisi Muhammad Xani hisobiga yozildi. U Avstraliyaga qarshi oʻyinning 55-daqiqasida oʻz darvozasini ishgʻol etdi. Uchrashuv asosiy va qoʻshimcha vaqtda 1:1 hisobida yakunlandi, penalti seriyasida esa afrikaliklar 4:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.

2026 yildagi mundialda oʻz darvozasiga beixitoyr toʻp kiritib qoʻyganlar orasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi posboni Abduvohid Neʼmatov ham bor. U Portugaliya terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan bahsda avtogol muallifi sifatida qayd etilgan. 

Bu yildagi jahon chempionatida avtogol sohiblarining roʻyxati quyidagi koʻrinishga keldi:

Mahmud Abunada (Qatar), Yazan Al-Arab (Iordaniya), Muhammad  Al-Mannay (Qatar), Hasan At-Tambakti (Saudiya Arayustoni), Kemeron Berjess (Avstraliya), Damyan Bobadilya (Paragvay), Yassin Bunu (Marokash), Dini (Kabo-Verde), Miro Mukhaym (Shveytsariya), Abduvohid  Neʼmatov (Oʻzbekiston), Elyes Sxiri (Tunis), Muhammad Xani (Misr), Ayman Husayn (Iroq).

Eslatib oʻtamiz, 2026 yildagi jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksika hududida oʻtmoqda. Turnirning amaldagi chempioni — Argentina milliy terma jamoasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!