Nazorat uchrashuvi: «Sevastopol» – «Navbahor» 0:2

  • 28 yanvar, 2019, 20:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda o‘z o‘quv – mashg‘ulot yig‘inini Qrimda o‘tkazayotgan Namanganning “Navbahor” klubi mazkur yig‘in doirasidagi ikkinchi uchrashuvni bugun Qrim chempionati vakili Sevastopolning “Sevastopol” jamoasiga qarshi o‘tkazib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

“Lochinlar”ning gollariga Aleksandr Kasyan va Ivan Solovyov mualliflik qilishdi. Ta’kidlash joizki, har ikki gol ham bahsning 1-bo‘limida urildi.

«Sevastopol» – «Navbahor» (Namangan) – 0:2

Evpatoriya. "Qrim-Arena " stadioni.

Gollar: Kasyan (8), Solovev (39)

“Navbahor”: O‘tkir Yusupov, Slavko Lukich, Igor Golban, Jahongir Mehmonov, Mirzohid G‘ofurov, Shahzod Shaymonov, Ivan Solovev, Abdujamol Isroilov, Aziz Turg‘unboev, Zafar To‘raev, Aleksandr Kasyan.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Mirzohid Mamatxonov, G‘iyos Komilov, Hojiakbar Yunusov, Shohruhmirzo Ahmadaliev, Bahodir Nasimov, Ulug‘bek Aknazarov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!