"Neftchi" "Tsementchi" emas yoxud quvasoyliklar ikkinchi ligada yurishini boshlashdi

  • 27.05.2018 15:22
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Farg‘ona viloyati birinchiligi ikkinchi liga baxslarida ishtirok etayotgan jamoamiz “Tsementchi” musobaqaning 3-turida Marg‘ilonning “1-BO‘SM” jamoasiga qarshi uchrashuvni safarda o‘tkazdi. Bu haqda "Tsementchi" klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

"Tsementchi" yana hammasini noldan boshlamoqchi yoxud quvasoyliklarni aldashdimi?

1-turda "FarDU" jamoasiga iimkoniyatni boy berib kuygan quvasoyliklar ikkinchi turni koidaga kura utkazib yuborgan edi.

Kecha 26-may kuni "1-BUSM" jamoasiga qarshi Marg‘ilon shaxrining “Mexnat” o‘yingoxida bo‘lib o‘tgan 3-tur uchrashuvida esa jamoamiz 0:2 xisobida margilonliklardan ustun keldilar va musobakadagi dastlabki ochkolarni kulga kiritdilar. Kiritilgan gollarga "Tsementchi"dan Rahmat Xolmirzaev va Nozim Bobojonov mualliflik kildilar.

Yangi tashkil etilgan va musobaqaga kirishgan yosh jamoa tarkibi xususida sal keyinroq batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Viloyat birinchiligi, Ikkinchi liga baxslari

3-tur 26-may (Shanba)

«BO‘SM»(Marg‘ilon) – «Tsementchi» (Quvasoy) 0:2

Gollar: Raxmat Xolmirzaev '34 Nozim Bobojonovlar '67

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!