Nokautchi Shohjahon Amerikaga otlandi!

  • 2 oktabr, 2017, 00:05
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Professional ringda o‘nta jangning barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan Shohjahon Ergashev AQShda debyut uchrashuvini o‘tkazishi lozim.

Shohjahon hozir Moskva shahrida tashkil etilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida bo‘lajak jangga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Mashhur bokschimiz SPORTS.uz axborot portali bilan bog‘lanib, faoliyatiga doir yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.

- Hozir mashg‘ulotlarni kuchaytirdik, - deydi Shohjahon SPORTS.uz  axborot portaliga. - Yaqinda Saratovda bo‘ladigan professional boks kechasida qatnashish uchun taklif olganimni aytgandim. Lekin yangilik bo‘lib qoldi. Men  12  oktyabr  kuni AQShga uchib ketishim kerak.

Shohjahonning keyingi paytda rejalarini o‘zgartirib yuborgan qo‘lidagi jarohat haqida ham so‘radik.

- Jarohatdan qutildim, - deydi Shohjahon. - Hozir qo‘limda og‘riq yo‘q. Menimcha, endi bu jarohat boshqa bezovta qilmaydi.

Shu o‘rinda, Shohjahon Ergashev mamlakatimizdagi sport kiyimlarini ishlab chiqaruvchi "BUKA" firmasi tomonidan taqdim etilgan sport formalari unga manzur bo‘lganini aytib, ishlab chiqaruvchilarga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Shohjahon Ergashevning faoliyatiga bog‘liq eng tezkor yangiliklarni SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!