Nokautchi bokschimiz navbatdagi jangini Toshkentda o‘tkazishi mumkin

  • 13 oktabr, 2016, 19:25
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, qo‘lidagi jarohati sababli 8 oktyabrdagi jangini qoldirgan professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (6-0, 6 KO) 14 oktyabr kuni o‘tkazishi kerak edi. Biroq jangdan oldin o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ldiki, shifokorlar bokschimizning ringga chiqishiga ruxsat bermagan va tezda ikkinchi marta qo‘li operatsiya qilinadi.

Tecno

“Salita Promotions” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilayotgan Shohjahon operatsiyadan 3 hafta o‘tib yana katta ringga qaytishi kerak. Bokschimiz vakillarining Sports.uz internet portaliga ma’lum qilishicha, bu galgi jang poytaxtimiz Toshkentda bo‘lishi kutilmoqda. Jang 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Shartnomaga ko‘ra, Shohjahon shu yil yakuniga qadar titul jangini o‘tkazishi kerak. Shu sabab u titul uchun kechadigan keyingi to‘qnashuvni Singapurda ispaniyalik Rubin Nietoga (18-1-0, KO 9) qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!