
No‘’mon Hasanov: Zaxiradan tushgan futbolchimiz o‘yinni kuchaytirdi
Xabaringiz bor bundan biroz avval Superliganing 30-turidan o‘rin olgan AGMK hamda “Qo‘qon-1912” (1:3) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ishtirok etgan mehmonlar bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov o‘zining uchrashuv haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Dastavval Olmaliq shahri ahlini O‘zbekiston Kubogidagi g‘alaba bilan tabriklayman. AGMK ajoyib natija qayd eta oldi. O‘zim va qo‘qonliklar nomidan butun AGMK vakillarini tabriklayman.
Bugun birinchi bo‘limda o‘yinimiz uncha qovushmadi. Tezkor gol o‘tkazib yubordik. Shunday bo‘lsa-da, yakunda juda muhim g‘alabaga erishdik. Ikkinchi bo‘limni yuqori saviyada o‘tkazdik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o‘yinni kuchaytira olishdi.
Oldinda bizni yana 2ta juda muhim o‘yinlar kutmoqda va ushbu bahslarda ham g‘alaba qozonishga harakat qilamiz”, - deydi tajribali mutaxassis.
Fikrlar