
Odil Ahmedov: Bu qadar osonlik bilan g‘alaba qozonamiz deb o‘ylamagan edik
Dubaydagi "Rashid" stadionida kechgan uchrashuvda vakillarimiz 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Bellashuvdan so‘ng jamoamiz sardori Odil Ahmedov o‘yin borasidagi o‘zining fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Avvalambor, barcha o‘zbek xalqini g‘alaba bilan tabriklayman. Bu qadar osonlik bilan g‘alabaga erishamiz deb o‘ylamagan edik. O‘ylaymanki, yaxshi formaga kirib bormoqdamiz va albatta kelgusi uchrashuvlarda ham muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz", - dedi Ahmedov.
Fikrlar