
Og‘ir atletika: Qorqalpog‘istonlik sportchi dast ko‘tarish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi
Xabaringiz bor, shu kunlarda Jizzax viloyatida «Barkamol avlod 2017» musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda. 26 may kuni sportning og‘ir atletika turi bo‘yicha 77 kg vazn toifasidagi sportchilar o‘rtasida dast ko‘tarish bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu vazn toifasida g‘oliblik Qorqalpog‘iston Respublikasi vakili G‘ayrat Aytmuratovga nasib etdi. U 1-imkoniyatda 127kg , 2- imkoniyatda esa 131kg vanihoyat imkoniyatda 135 kg og‘irlikdagi toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Ikkinchi o‘rinni toshkentlik Sarvar Toshtemirov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Muhammadamin Zaynobiddin shohsupaning uchinchi o‘rnidan joy oldi.
Yulduz Rahmatova tayyorladi.
Fikrlar