
Oksana Chusovitina Doxadagi jahon kubogining finaliga yo‘l oldi
Ayni kunlarda Qatar poytaxti sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlariga mezbonlik qilmoqda.
Dunyoning eng kuchli gimnastikachilari qatori hamyurtimiz Oksana Chusovitina ham ushbu nufuzli turnirda ishtirok etyapti. Vakilamiz kecha tayanib sakrash bo‘yicha o‘tgan saralash bahsida ishtirok etib, 14.283 ball jamg‘arishga muvafaq bo‘ldi. Bu natija unga finalda ishtirok etuvchi eng kuchli sakkiz nafar ishtirokchi orasida bo‘lishi ta’minladi.
Fikrlar