Oksana Chusovitina Melburndagi jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

  • 23 fevral, 2019, 16:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Gimnastika
BEPUL PROPAN

Avstraliyaning Melburn shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada sayyoramizning etakchi gimnastlari sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib borishmoqda.

Bugun ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash bahslarida final bellashuvlari tashkil etildi. Quvonarlisi, o‘zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina hal qiluvchi chiqishda 14,200 natija ko‘rsatib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Bu borada birinchi o‘rinni Janubiy Koreya vakilasi Seo Jeong Eo (14,266 ochko) egallagan bo‘lsa, xitoylik Linmin Yu (14,083) kuchli uchlikka yakun yasadi.

Ta’kidlash kerakki, Chusovitina bu orqali Tokio olimpiadasi uchun qimmatli bo‘lgan reyting ochkolarini o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!