
"Oltin to‘p - 2016": Kim qancha ovoz oldi?
"Oltin to‘p - 2016" sovrini sohibi dunyoning 173 mamlakatidan bittadan ommaviy axborot vositasi vakili ovoziga ko‘ra aniqlandi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, yakuniy ro‘yxatdan o‘rin olgan 30 nafar futbolchidan 19 tasigina ovoz olishga musharraf bo‘lgan. Tanlovning yuqori o‘rinlari - dastlabki oltita pog‘ona Ispaniya chempionati vakillariga nasib etdi.
"Oltin to‘p"ga da’vogarlar ro‘yxati va ovoz berish natijalari esa qo‘yidagicha ko‘rinish oldi:
2. Lionel Messi (Argentina, "Barselona") – 316
3. Antuan Grizmann (Frantsiya, "Atletiko") – 198
4. Luis Suares (Urugvay, "Barselona") – 91
5. Neymar (Braziliya, "Barselona") – 68
6. Garet Beyl (Uels, "Real") – 60
7. Riyad Mahrez (Jazoir, "Lester") – 20
8. Jeymi Vardi (Angliya, "Lester") – 11
9. Janluiji Buffon (Italiya, "Yuventus") - 8
Pepe (Portugaliya, "Real") - 8
11. Per-Emerik Obameyang (Gabon, "Borussiya" D) – 7
12. Ruy Patrisiu (Portugaliya, "Sporting") – 6
13. Zlatan Ibrohimovich (Shvetsiya, "PSJ"/"Manchester Yunayted") – 5
14. Pol Pogba (Frantsiya, "Yuventus"/"Manchester Yunayted) – 4
15. Arturo Vidal (Chili, "Bavariya") – 4
16. Robert Levandovski (Polsha, "Bavariya") – 3
17. Toni Kroos (Germaniya, "Real") – 1
Luka Modrich (Xorvatiya, "Real") – 1
Dimitri Payet (Frantsiya, "Vest Xem) – 1
Tanlovga nomzodi qo‘yilgan Serxio Aguero (Argentina, "Manchester Siti"), Kevin De Breyne (Belgiya, "Manchester Siti"), Paulo Dibala (Argentina, "Yuventus"), Diego Godin (Urugvay, "Atletiko"), Gonsalo Iguain (Argentina, "Napoli"/"Yuventus"), Andres Inesta (Ispaniya, "Barselona"), Koke (Ispaniya, "Atletiko"), Ugo Loris (Frantsiya, "Tottenxem"), Tomas Myuller (Germaniya, "Bavariya"), Manuel Noyer (Germaniya, "Bavariya"), Serxio Ramos (Ispaniya, "Real") ochko jamg‘ara olgani yo‘q.
Fikrlar