
"Oltin to‘p"ga da’vogarlarning uchinchi guruhi e’lon qilindi
France Football nashri o‘zi ta’sis etgan “Oltin to‘p” sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan uchinchi besh nafar nomzodni e’lon qildi.
Ushbu beshlikdan Antuan Grizmann ("Atletiko", Frantsiya), Eden Azar ("Chelsi", Belgiya), Isko("Real", Ispaniya), Xarri Keyn ("Tottenxem", Angliya) hamda Ngolo Kantelar ("Chelsi", Frantsiya) joy olishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq nomzodlarning birinchi va ikkinchi beshtaligi e’lon qilingan edi.
Fikrlar