
One Korea - One team: Ikki Koreya Osiyo o‘yinlarida birlashadi
Ayni paytda Indoneziyaning Jakarta shahrida joylashgan “Gelora Bung Karno Stadium”da 2018 yilgi Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Ochilish marosimi paradida Koreya rim orolining ikki davlati Janubiy va Shimoliy Koreya bir bayroq ostida maydonga chiqib keldi. Bunday holat Osiyo miqyosidagi hech bir musobaqada qayd etilmagan holatdir. Oldinroq, ikki mamlakatning birlashgan terma jamoasi Pyongchang mezbonligida o‘tgan qishki olimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etgandi.
Qayd etish lozim, Koreya yarim orolining birlashgan terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining basketbol, kanoe va akademik eshkak eshish bahslarida bir bayroq ostida ishtirok etishadi.
Fikrlar