Messi xet-trikdan keyin Ronalduni haqida qattiq gapirdi
Krishtianu Ronaldu futbol tarixi eng kuchli oʻyinchilaridan biri sanaladi, ammo u eng buyuk futbolchi emas. Bu haqida Jazoir terma jamoasiga qarshi oʻyindan soʻng Lionel Messi gapirdi.
Argentina terma jamoasi sardori jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida uning ham nomi tilga olinayotganini katta sharaf, deb baholadi. Shu bilan birga, u shaxsiy rekordlar va statistikaga unchalik ahamiyat bermasligini taʼkidladi.
- Men ular bilan bir qatorda raqobatlasha olayotganimdan faxrlanaman, lekin shaxsan men uchun buning katta maʼnosi yoʻq. Ronaldu – tarixdagi eng kuchli futbolchilardan biri, ammo u birinchi raqamli emas, – deya Messining soʻzlarini keltiradi Infobae.
Jazoir darvozasiga uchta gol urganiidan soʻng Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi toʻpurarlar roʻyxatida Miroslav Kloze bilan birgalikda peshqadamlikni boʻlishib turibdi.

Fikrlar