O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi start oldi

CHERY AUTO

Toshkent shahridagi MXSK o‘q otish bazasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oldi.

100 nafardan ortiq merganlar o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazayotgan ushbu musobaqaning birinchi kunida pnevmatik to‘pponchadan o‘q uzish mashqlari bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.

Unga ko‘ra, birinchi pog‘onani Refat Girfanov qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Artem Chernishev va Vadim Kondakovlar egalladilar.

Bugun, 17 iyun kuni ayollar pnevmatik to‘pponchadan o‘k otish mashqlarida mahoratlarini ishga solishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!