Oqgul ertaga Moskvada mezbon tennischisiga qarshi kortga chiqadi
O‘zbekistonning uchinchi raketkasi Oqgul Omonmurodova ITF taqvimidan o‘rib olgan, Rossiya poytaxti Moskva shahrida o‘tadigan “Moskow Open” turniridagi ishtirokini boshlaydi.
Oqgul Moskvadagi turnirda ishtirok etadi
Hamyurtimiz sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirni asosiy to‘r bahslaridan boshlashi haqida xabar bergan edik. Oqgulning ilk davradagi raqibasi rossiyalik Anastasiya Pivovarova bo‘ladi.
Bo‘lajak bahsda hamyurtimizga omad tilaymiz!

Fikrlar