Osiyo futbolidagi eng muhim qishki transferlar (1-qism)

  • 11 yanvar, 2017, 12:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mana Osiyo mintaqasida qishki transfer mavsumi start olganiga ham bir oyga yaqin vaqt o‘tdi. Bu vaqt davomida Osiyoning bir qancha klublari o‘z tarkibini iqtidorli futbolchilar bilan boyitishdi.

Tecno

Quyida Osiyo futbolida amalga oshirilgan eng muhim xaridlarni e’tiboringizga birma-bir havola etamiz.

15 dekabr, 2016.

Qishki transfer oynasini 2016 yilgi Osiyo chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Janubiy Koreyaning “Jonbuk Motors” klubi boshlab berdi. Koreyaliklar o‘z tarkibini “Ulsan Xyonde” jamoasining ikki himoyachisi Li Yon hamda Li Je Son bilan kuchaytirib oldi. O‘z o‘rnida “Jonbuk Motors” ham o‘zining ikki himoyachisi Kim Chxan Su va Choy Gyu Bekni, shuningdek hujumchi Li Chon Xoni “Ulsan Xyonde” klubiga bepul taqdim etdi.

19 dekabr, 2016.

Yaponiyaning “Xokkaydo Sapporo” klubi Tailand milliy terma jamoasi a’zosi Chanatxip Songkrasinni ijara asosida o‘z tarkibiga qo‘shib olish borasida “Muanton Yunayted” jamoasi bilan kelishib oldi. 2016 yilgi Janubiy Osiyo chempionatining “Eng yaxshi o‘yinchisi” deb topilgan 23 yoshli futbolchi Yaponiya “Jey” ligasida ishtirok etadigan birinchi tailandlik futbolchi bo‘ladi.

20 dekabr, 2016

So‘nggi 5 mavsumni Avstraliya “A” ligasi ishtirokchisi “Sidney” klubi tarkibida o‘tkazgan darvozabon Vedran Yanetovich bu yilgi mavsum davomida boshqa bir mahalliy jamoa “Vestern Sidney Uonderers” darvozasini qo‘riqlaydi. 2014 yilgi Osiyo chempionlar ligasini qo‘lga kiritgan “Vestern Sidney Uonderers” klubi bu yil ham o‘zlarining eng yaxshi natijalarini takrorlamoqchi.

2015 yilgi OFK Kubogi g‘olibi Malayziyaning “Johor Darul Ta’zim” klubi Osiyo chempionlar ligasi “pley-off” bosqichi doirasida “Bangkok Yunayted”ga qarshi uchrashuvda jamoaning 23 yoshli hujumchisi Safi Sali xizmatlaridan foydalana olmaydi. Malayziya terma jamoasining muhim o‘yinchisiga aylanib ulgurgan Safi Sali kelasi mavsumdan boshlab o‘z faoliyatini Malayziya Super ligasi a’zosi “PKNS” klubida davom ettiradi.

Shuningdek, bu yildan boshlab Janubiy Koreya “Key” ligasida ishtirok etadigan “Kanvon” klubi o‘z safiga bir qator yangi futbolchilarni qo‘shib oldi. Jumladan o‘tgan mavsumda “Seongnam Ilva Chunma” klubida harakat qilgan, Xvan Jinsun, OFKning 2012 yildagi “Eng yaxshi futbolchisi” Li Kin Xo, “Xanchjou Grintaun” yarim himoyachisi O Bom Sok hamda darvozabon Li Bomyonlar “Kanvon” klubi bilan shartnoma imzoladilar.

                                                

23 dekabr, 2016.

Qishki transfer mavsumiga Xitoy jamoalari iliqlik olib kirdi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Xitoy klublarining dastlabki shov-shuvli xaridi “Chelsi” klubi a’zosi Oskar bo‘ldi. Braziliyalik 25 yoshli yarim himoyachining Xitoy klubiga ko‘chib o‘tishi uchun 61 million evro sarflandi va bu Osiyo futbolidagi eng yirik xarid deya qayd etildi.

Davomi bor …

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!