Osiyo kubogi: Bugun guruh bosqichi 2-tur uchrashuvlariga start beriladi

  • 10 yanvar, 2019, 08:51
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun BAA yashil maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogi-2019 turnirida guruh bosqichi ikkinchi tur uchrashuvlariga start beriladi.

Tecno

Ushbu bahslarni Toshkent vaqti bilan soat 16:00da “A” guruhi vakillari Bahrayn va Tailand terma jamoalari o‘rtasida o‘yin boshlab beradi. Bahrayn 1-turda mezbon terma jamoa BAA bilan 1:1 hisobida durang qayd etgan bo‘lsa, Tailand Hindiston termasiga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan. 4:1

Guruhning ikkinchi qarama-qarshiligida Hindiston termasi amirlik futbolchilari bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.

Kunning so‘nggi uchinchi bahsida “V” guruhi jamoalari ishtirok etadi. Unda o‘tgan turda amaldagi chempion Avstraliyani mag‘lub etgan Iordaniya Suriya termasi o‘zaro to‘qnash kelishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 18:30da start oladi.

"A" guruhi
10.01.2019
16:00
Bahrayn - Tailand
21:00 BAA - Hindiston

"V" guruhi
18:30 
Iordaniya - Suriya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!