
Osiyo kubogining birinchi kunidan keyin peshqadammiz
Bugun poytaxtimizda dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogining birinchi kun bellashuvlari o‘z yakuniga etdi. O‘smirlar uchun joriy yil o‘z toifalarida o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiluvchi ushbu musobaqa vakillarimiz uchun omadli boshlandi.
Reglamentga ko‘ra, birinchi kun doirasida 8 vazn toifasida bahslar kechgan bo‘lsa, shulardan 6 tasida yosh vakillarimiz shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Yigitlarimizdan Boburmirzo Davlatov va Zufar Ergashev barcha raqiblarini mag‘lub etishdi. Qizlarimizdan Ko‘hinurbonu Ikromova, Yulyana Maksetbaeva, Shukurjon Aminova hamda Nilufar Ermaganbetova o‘z vazn toifalarida oltin medalga sazovor bo‘lishdi.
Birinchi kundan so‘ng umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda borishmoqda. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Qozog‘iston hamda Tojikiston terma jamoasi bo‘lishib olgan.
Fikrlar