Osiyo kurash konfederatsiyasiga yangi prezident saylandi

CHERY AUTO

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida Osiyo kurash konfederatsiyasining navbatdan tashqari kongressi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu kongressda Osiyo kurash konfederatsiyasiga a’zo barcha mamlakatlar vakillari ishtirok etdi.

Unda asosan, 2018 yil Indoneziyada o‘tkaziladigan o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish va mintaqada kurash sport turini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, kongressda tashkiliy masala ham ko‘rilib, Osiyo kurash konfederatsiyasini 2013 yildan buyon boshqarib kelayotgan Haydar Farmon o‘rniga Komil Ro‘ziev yangi prezident etib saylandi.

 

Toshkentda kurash bo‘yicha Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan turnir o‘tkaziladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!