Osiyo o‘yinlari. Qaysi mamlakatlar eng katta delegatsiya bilan ishtirok etmoqda?

CHERY AUTO

Unda O‘zbekiston sport delegatsiyasi 234 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda.

Tecno

Ko‘pchilikni mazkur musobaqada qit’amizning etakchi sport mamlakatlari necha kishilik delegatsiya bilan ishtirok etayotgani qiziqtirmoqda. MOQ rasmiy sayti esa bu boradagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

XVIII Osiyo o‘yinlarida eng ko‘p sportchi bilan Indoneziya ishtirok etmoqda. Mezbon mamlakat sharafini musobaqada 934 nafar sportchi himoya qilmoqda. Xitoy esa bu borada ikkinchi. Chin yurti vakillari o‘yinlarda 844 nafar sportchi bilan qatnashmoqda. Uchinchi katta delegatsiya sifatida esa tailandlik sportchilar qayd etilgan. Ular 810 nafar atlet bilan Indoneziyaga tashrif buyurganlar.

Qit’amizning etakchi sport delegatsiyalari va ularning sportchilari soni quyidagi ro‘yxatda aks etgan:

Screenshot_2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!