O‘zbek bokschisi engilmas raqibga qarshi jang qiladi
Joriy yilning 17 mart kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida tashkil etiladigan professional boks kechasida o‘zbekistonlik Humoyun Rustamov faoliyatidagi ikkinchi professional jangni o‘tkazadi.
Profringdagi faoliyatini o‘tgan yili boshlagan yosh bokschimiz olti raundlik reyting jangida qozog‘istonlik Erjan Zalilovga qarshi ringga chiqadi.

Erjan Zalilov professional bokschilik faoliyatini ikki yil oldin boshlagan va jami olti jang o‘tkazib, besh marta g‘alaba qozongan va bir marta durang natija qayd etgan.

Fikrlar