O‘zbekiston – Avstraliya uchrashuvini kim boshqarishi aniq bo‘ldi

  • 19 yanvar, 2019, 04:21
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
21 yanvar kuni Osiyo Kubogi nimchorak finalidan o‘rin olgan uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Al-Ayn shahridagi "Xalifa bin Zayd" stadionida bo‘lib o‘tadi.
 
Mazkur bahsni qatarlik hakam Abdulrahmon Ibrohim Al-Jassim boshqarib boradi. Unga yon chiziqlarda hamyurtlari Tolib Salim Al-Marri va Saud Ahmad Al-Maqaleh yordam berishadi. 
 
Darvoza ortida qatarlik Hamis Muhammad Al-Marriy va Ahmad Abu Bakr Said Al-Kaf ishlaydi. To‘rtinchi hakam Deniya Gedara Palita - Shri-Lankadan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!