
O‘zbekiston kubogida mohir merganlar aniqlanmoqda
Toshkent shahrida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi davom etmoqda.
Kecha o‘tkazilgan bellashuvlarda o‘g‘il bolalar o‘rtasida kuchli uchlikdan joy olganlar nomi ma’lum bo‘ldi. 1 soat 10 daqiqa vaqt davom etgan bahsda Toshkent viloyati vakili Mirzajonov Suhrob 245,8 ochkoni to‘plagan holda birinchi o‘rinni, yana bir Toshkent viloyati qatnashchisi Asilov Oybek 239,3 ochkoni qo‘lga kiritib ikkinchi, andijonlik Obidov Asadbek esa 215,9 ochko bilan uchinchi pog‘onani egalladi.
Bugun aralash turdagi (mix) final bosqichi o‘tkaziladi. Juftlik bahslarida quyidagi sportchilar ishtirok etadi:
1) Suhrob Mirzajonov (Toshkent viloyati-1)
Olima Komilova (Xorazm viloyati)
2) Burxoniddin Erkaev (Qashqadaryo viloyati)
Bonu Anvarova (Toshkent-1)
3) Oybek Asilov (Toshkent viloyati-2)
Slastayon Natalya (Surxondaryo viloyati)
4) Bekzod Rahmatullaev (Toshkent viloyati-3)
Shahnoza Turg‘unova (Toshkent viloyati-3)
5) Umid Pardaev (Samarqand viloyati)
Shahnoza Masharipova (Xorazm viloyati)
6) Asadbek Obidov (Andijon viloyati)
Madinabonu Pardaboeva (Toshkent viloyati)
7) Dmitriy Silaev (Toshkent-1)
Diyora Ermatova (Toshkent viloyati-2)
8) Abduxalil Abduvohidov (Namangan viloyati-1)
Muxtasar Toxirova (Namangan viloyati-1)
9) Muhammadumar Sotvoldiev (Farg‘ona viloyati)
Yuliya Kondroshova (Andijon viloyati)
10) Boburmirzo A’zamov (Andijon viloyati)
Zaynab Pardaboeva (Toshkent viloyati).
Fikrlar