O‘zbekiston va Buyuk Britaniya terma jamoasi "Emireyts" arenada o‘ynaydi
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 14-16 sentyabr kunlari "Devis kubogi"ning guruh bosqichi pley-offida Buyuk Britaniya terma jamoasi bilan o‘zaro raqobatlashadi.
Mazkur uchrashuv, Glazgoda joylashgan xard qoplamali "Emireyts" arenasining kortlarida o‘tkaziladi. Tennischilar ushbu o‘yinda "Wilson US Open Extra Duty" koptoklarida o‘ynaydilar.
Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz uchun bu safargi guruh bosqichi pley-off bahsi o‘ninchisidir. O‘zbekiston va Buyuk Britaniya terma jamoalari ilk marotaba o‘yin o‘tkazmoqda.

Fikrlar