
O‘zbekistonda sport vazirligi tashkil etiladi
Bu haqda 7 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “O‘zbekiston” anjumanlar saroyida yuksak davlat mukofotlarini tantanali topshirish marosimida ma’lum qildi.
- Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Mirabror Usmonovni yuksak mukofot bilan qutlaymiz. Mana shu quvonchli ayyomda Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘targan Fazliddin G‘oyibnazarov, Ruslan Nuriddinov, Shahram G‘iyosov, Hasanboy Do‘smatov, Shahobiddin Zoirov, Bektemir Meliqo‘ziev, Murodjon Ahmadaliev, Elmurat Tasmuradov kabi mard o‘g‘lonlarimizga yana bir bor rahmat aytsak o‘rinli bo‘ladi, albatta. Hammamizning tilagimiz, istagimiz bitta: sizlar mana shunday yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritishdan hech qachon charchamang. Biz sizlarga davlatimizning mana shunday mukofotlarini topshirishdan charchamaylik, – dedi Mirziyoev.
Fikrlar