
O‘zbekistonlik hakamlar Osiyo chempionati U-19 musobaqasida ishlashadi
Musobaqada dastlabki 4ta o‘rinni egallagan jamoalar kelasi yili Polshada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
Indoneziyadagi Osiyo chempionati bahslarida ishlash uchun OFK O‘zbekistondan ham hakamlarni taklif qildi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
Jumladan, hamyurtlarimiz Sherzod Qosimov va Andrey Tsapenko mazkur musobaqada faoliyat olib borish uchun Indoneziyaga jo‘nab ketishdi.
Fikrlar