PFL maxsus ishchi-guruhi Pro-ligada qatnashishga nomzod jamoalarni monitoringdan o‘tkazmoqda

  • 2 mart, 2019, 12:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 2019 yilgi mavsumda Superligada 14 klub ishtirok etadi. Ayni vaqtda Professional futbol ligasi A va V Pro-ligalarida to‘p suradigan jamoalarni saralab olmoqda.

Tecno

Hozirda “Mash’al”, “Xorazm”, “Neftchi”, “Istiqlol” va “Sho‘rtan” klublari A Pro-ligada ishtirok etish masalasida ish olib bormoqda. “Sherdor” hamda “Nurafshon” futbol klublarida ham shunday imkoniyat yuzaga kelishi mumkin. V Pro-ligasida ishtirok etishni istayotgan jamoalar soni esa ko‘proq.

Bugundan Professional futbol ligasi maxsus ishchi-guruhi Pro-ligada qatnashishga nomzod jamoalarning litsenziyalash talablarini qay darajada bajara olishini monitoring qilishni boshladi. Maxsus ishchi-guruh bugundan viloyatlarga yo‘l oldi va har bir klubni nazoratdan o‘tkazishni boshladi.

Dastlab Farg‘ona vodiysi klublari monitoringdan o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!