PSJning asosiy himoyachilaridan biri "Manchester Yunayted"ga o‘tishni istamadi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi PSJ himoyachisi Markinosning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Paris United nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “qizil iblislar” allaqachon o‘zlarining bu qiziqishlari haqida 24 yoshli braziliyalik futbolchining agentiga aytishgan. Biroq, Markinos joriy mavsum parijliklar safidan ketmasligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Markinos o‘tgan mavsum PSJ safida Frantsiya chempionatida jami 26ta o‘yinda maydonga tushgan va jamoasining 2ta goliga assistentlik qilishga erishgan.

Fikrlar