
PSV Messi gol urgan EChLdagi 30-jamoa bo‘ldi
Avval xabar berganimizdek ayni damda "Barselona" Chempionlar ligasi guruh bosqichi ilk turida o‘z maydonida PSVni (3:0 ikkinchi bo‘lim) qabul qilmoqda.
Ushbu uchrashuvda hozircha kataloniyaliklar forvardi Lionel Messi dubl qayd etishga erishdi. E’tiborlisi, PSV 31 yoshli argentinalik futbolchi gol urgan EChLdagi 30-jamoa bo‘ldi.
Bundan tashqari Messi bugun o‘zining EChLdagi gollari sonini 102taga etkazib oldi.
Fikrlar