Pakyao Meyvezer bilan jang qilishiga qattiq ishonmoqda

  • 21 sentabr, 2018, 10:05
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha besh vazn toifasining 12 karra jahon chempioni Floyd Meyvezer 2018 yilda katta ringga qaytishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi GMA News nashri.

Tecno

Amerikalik bokschi bu safar sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao bilan ikkinchi jangni o‘tkazishni maqsad qilgan.

Hozircha, yakuniy kelishuvga erishilganicha yo‘q. Oldimizda katta va jiddiy muzokaralar turibdi. Biz Floyd bilan Yaponiyadagi tadbirda uchrashdik. Muxlislar juda xursand bo‘lishdi. Bundabiz Meyvezer bilan ikkimizga ham qiqiz bo‘lgan revansh jangni tashkil qilish imkoniyatlari haqida gaplashdik. Katta ishonch bilan jangimiz tashkil qilinadi, ammo biz uning qachon va qaerda bo‘lishini aniqlash kerak bo‘ladi, – deydi Pakyao GMA News nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!