Paralimpiyachilar sovrinlarga ega chiqmoqda

BEPUL PROPAN
 
 
Mamlakatimiz paralimpiyachilari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida engil atletika bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro Gran-pri musobaqasida munosib ishtirok etmoqda.
Ellikka yaqin davlatdan to‘rt yuzdan ortiq sportchi qatnashayotgan nufuzli musobaqaning yadro uloqtirish bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasidagi bahsida Natalya Semenova kumush medalni qo‘lga kiritdi. Erkaklar o‘rtasida Elbek Sultonov shohsupaning uchinchi pog‘onasini egalladi.
Musobaqa davom etmoqda. Sportchilarimiz yadro, nayza va disk uloqtirish bahslarida o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi.
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!