Paralimpiyachilarimiz sharafiga galakontsert tashkil etildi

CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi joriy yilning 3 dekabr kuni an’anaga aylangan paralimpiya sportchilariga bag‘ishlangan "Orzu bir-Dunyo bir" nomli katta galakontsertini Istiqlol san’at saroyida o‘tkazdi. Ushbu kontsert dasturiga asosan Braziliyaning Rio-De-Janero shahrida bo‘lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya O‘yinlarida munosib ishtirok etib ulkan g‘alabalarni qulga kiritilgan paralimpiya sportchilariga "Yilning eng yaxshi erkak sportchisi", "Yilning eng yaxshi ayol sportchisi", "Yilning eng yaxshi murabbiyi" va "Yilning eng yosh sportchisi" yil nominatsiyalari bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari ushbu nominatsiya g‘oliblariga assotsiatsiya tomonidan  qimmatbaho sovg‘alar berildi. Galakontsertda elimizning yorqin yulduzlari va san’atkorlari o‘zlarining san’atlari bilan barchani xushnud etdilar .

Tecno

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!