"Paxtakor" ishtirokidagi 2ta uchrashuvni JCh-2018da ishlagan referilar boshqarib borishadi

  • 20.07.2018 21:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor ayni kunlarda PEPSI Superliga o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Yana 5 ta tur uchrashuvlari o‘tkazilgach, chempionlik uchun kurashadigan hamda ligada jon saqlab qolish uchun harakat qiladigan jamoalar saralab olinadi.

Navbatdagi uchrashuvlar murosasix kechishini taxmin qilayotgan O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi “Paxtakor” klubi ishtirokidagi 2ta o‘yinni Rossiyada bo‘lib o‘tgan JCh-2018 o‘yinlarida ishlagan referilarga ishonib topshirdi.

Unga ko‘ra, 19-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Paxtakor” o‘yinini bahraynlik hakam Navaf Shukrulla boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Yosir Halil Ibrohim Telfat hamda Navaf Shahin Halifa yordam berishadi. Ta’kidlash kerakki, ushbu hakamlar guruhi mundialda 2 ta o‘yinni boshqarishdi.

19-tur

28 iyul, shanba

“Navbahor” — “Paxtakor”

Bosh hakam: Navaf Shukrulla (Bahrayn)

Qanot hakamlari: Yosir Halil Ibrohim Telfat, Navaf Shahin Halifa (Bahrayn)

Keyinroq 20-turdan o‘rin olgan  “Paxtakor” — “Lokomotiv” uchrashuvida jahonning eng yaxshi referilari qatorida tilga olinayotgan eronlik Alirizo Fag‘oniy boshchiligidagi hakamlar guruhi faoliyat olib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Muhammadrizo Mansuriy va Rizo Suhandon yordam berishadi. Mazkur hakamlar guruhi mundialda 4 ta o‘yinni boshqarishdi.

20-tur

1 avgust, chorshanba

“Paxtakor” — “Lokomotiv”

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron)

Qanot hakamlari: Muhammadrizo Mansuriy, Rizo Suhandon (Eron)

PS: So‘nggi paytlarda aynan "Paxtakor" ishtirokidagi o‘yinlar ko‘pchilikda shubha uyg‘otib kelmoqda. Balki, shu bois ham PFL xorijlik hakamlarni aynan manu shu jamoa o‘yinlariga taklif qilgandir?! Yana kim biladi deysiz...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!