Peres "Real"ga Mourinoni qaytarmoqchi

  • 22 oktabr, 2018, 18:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino yana “Real”ga qaytishi mumkin.

Tecno

Ispan nashrlarining yozishicha “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres jamoani yana portugaliyalik mutaxassis boshqarishini xohlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda “Real” rahbariyati Xulen Lopetegini ishdan bo‘shatgach, uning o‘rniga madridliklarning ikkinchi jamoasi hisoblangan “Real Madrid Kastilya” bosh murabbiyi Santyago Solari tayinlanadi. Biroq, bu vaqtinchalik qaror hisoblanadi. Boisi, “qirollik klubi” rahbariyati baribir jamoaga tajrilabi mutaxassis jalb etishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Joze Mourino “Real”ni 2010-2013 yillarda boshqargan. Jamoa uning qo‘l ostida Ispaniya chempionatida zafar quchgan, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!