Peter Shmeyxel: Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng Akinfeevga haykal qo‘yish kerak

  • 2 iyul, 2018, 14:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Daniyalik mashhur darvozabon Peter Shmeyxel rossiyalik darvozabon Igor Akinfeevning nimchorak finalda Ispaniyaga qarshi o‘yinda ko‘rsatgan o‘yinini yuqori baholadi.

“Akinfeev fantastik o‘yin ko‘rsatdi. U o‘yin davomida faollik ko‘rsatgan ispaniyalik futbolchilarga qarshi ajoyib o‘ynadi.

U har doim penaltilarni qaytarish borasida ajoyib ko‘rsatgichga ega darvozabon hisoblanadi. Uning davri keldi. Aknifeevga haykal o‘rnatish kerak. U bunga loyiq”, - deydi afsonaviy posbon.

Eslatib o‘tamiz, Akinfeev Ispaniyaga qarshi bahsda o‘tkazilgan penaltilar seriyasida 2ta zarbani bartaraf etib, terma jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!