
Petra Kvitova birinchi bo‘lib chorak finalga chiqdi
Chexiyalik Petra Kvitova va frantsiyalik Kristina Mladenovich Tsintsinnatida o‘tayotgan xalqaro turnirning uchinchi davrasida o‘zaro raqobatlashdi.
Mazkur uchrashuv Petra nazoratida o‘tdi va u tajribali raqibini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Endi Kvitova "Western & Southern Open" turnirining chorak finalida amerikalik Sloan Stivens, yoki belgiyalik Elize Mertensga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar