
Petra Kvitova birinchi bo‘lib finalga chiqdi
Chexiyalik tennischi Petra Kvitova Avstraliya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasida dastlabki finalchisiga aylandi.
Musobaqa yarim finalida Petra amerikalik Daniel Kollinzni dastlabki setda tay-brekda, ikkinchi setda 6:0 hisobida taslim qildi.
Endi Kvitova so‘nggi xal qiluvchi final uchrashuvida chexiyalik Karolina Plishkova, yoki yaponiyalik Naomi Osakaga qarshi kortga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuv havo harorati issiq bo‘lgani uchun biroz qoldirildi va yopiq inshootli kortda davom ettirildi.
Fikrlar