"Pingvinlar" alamli mag‘lubiyatga uchradi

BEPUL PROPAN

Bugun Milliy xokey ligasining pley-off bosqichi, dastlabki raundidan o‘rin olgan bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu qarama-qarshiliklarning birida Stenli kubogining amaldagi ikki karra g‘olibi "Pittsburg pingvinz" o‘z maydonida "Filadelfiya flayerz"ni qabul qildi. 

Bahs asosiy daqiqasi deyarli teng kurashlar ostida kechdi. Barcha oveytaymga tayyorlanib turgan bir vaqtda mehmonlar irodali o‘yin namoyish etib, g‘alabani ilib ketishdi. 58 va 59 daqiqalarda  o‘z darvozasidan 2ta shayba olib chiqqan "pingvinlar" bu o‘yinda g‘alaba qozonishganida, keyingi bosqichga yo‘l olishardi. Shu tariqa ushbu juftlikdagi o‘yinlar seriyasida hisob 3:2 ko‘rinishiga keldi. 

"Pittsburg" – "Filadelfiya" – 2:4 (0:1, 2:1, 0:2) – seriyalar bo‘yicha 3:2

"Vinnipeg" – "Minnesota" – 5:0 (4:0, 0:0, 1:0) – 4:1

"Neshvill" – "Kolorado" – 1:2 (0:0, 0:0, 1:2) – 3:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!