Pisarro 4-marta "Verder" bilan shartnoma imzoladi
Germaniyaning “Verder” klubi perulik hujumchi Klaudio Pisarroni yana o‘z safiga qo‘shib oldi.
Ta’kidlash kerakki, 39 yoshli futbolchi qadrdon jamoasiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi va klub bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. Xabarlarga qaraganda Pisarro ushbu kelishuv yakuniga etgach o‘zining futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.
Ma’lumot uchun, Pisarro bundan avval faoliyati davomida “Verder”ga 3 marta kelib ketgan. Aniqrog‘i, 1999-2001, 2008-2012 va 2015-2017 yillarda “Verder”da o‘ynagan va 271ta uchrashuvda maydonga tushib, 144ta golga mualliflik qilgan.
Fikrlar