Husanovning "Chelsi"ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

  • 12.04.2026 23:03
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

APLning 32-turidan o‘rin olgan bahsda "Manchester Siti" safarda "Chelsi" bilan bahs olib borib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bellashuvni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

O‘yindan so‘ng turli statistik portallar uning o‘yini ni quyidagicha baholadi:

"Fotmob" vakilimizni 7.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, "Sofascore" portali Husanovga 7.6 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, yana bir mashhur statistik portaldan biri hisoblangan "Flashscore" esa hamyurtimizga 7.1 ball berdi. 

Ma’lumot uchun, “shaharliklar”ning ochkolari soni 64 taga yetdi va ular peshqadam "Arsenal"dan 6 ochkoga ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!