Pochettino emas Konte! (Erkin G‘aybullaev blogi)

  • 15 yanvar, 2019, 11:32
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Argentinalik mutaxassis «Tottenxem» bilan erishgan muvaffaqiyatlarini «Old Trafford»da ham takrorlay olishiga hech qanday kafolat yo‘q, aslida.

Ammo aynan «taqachilar» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino vaqtinchalik bosh murabbiy Ole Gunnar Sulsherdan keyin «qizil iblislar»ni qabul qilib olish uchun asosiy nomzod bo‘lib turibdi.

Ammo «taqachilar» muxlislari o‘z murabbiylari atrofida yurgan gap-so‘zlardan norozi kayfiyatda.

Bugungi MYu 20 talab sovrin yutgan jamoa emas. Ular 2008-2011-yillar oralig‘ida uch marta EChL finalida o‘ynagan jamoa ham emas. Bu butunlay boshqacha MYu. Ularda faqat shonli tarix va buni qayta takrorlashga ehtiyoj sezayotgan jamoaga aylanib qolgan.

Xato qilmaslik va so‘nggi yomon natijalarni takrorlamaslik qiyin masalaga aylangan. Tarkibda uyg‘unlik qayta bo‘y cho‘za boshlagan.

Mourinoning iste’fosidan keyin Sulsherning ajoyib starti ham barqaror davom etishiga hech kim kafolat bermaydi.

Ular yana barchasini noldan boshlashlari uchun o‘nlab yillar ketadi. Hech kim bunday vaqtga rozi bo‘lmaydi. Ular xaosni yo‘qqa chiqaradigan, yangi davrni boshlay oladigan kuchli murabbiyga ehtiyoj sezmoqda.

Klubdagi xaos esa Pochettinoning iqtidoriga mos kelmaydi. Uning «taqachilar»dagi muvaffaqiyatlari bosqichli bo‘lgan edi. U tarkibdagi mavjud iqtidorlarga yangi futbolchilarni qo‘shib «g‘alaba formulasi»ni yaratgan edi.

Unda buni amalga oshirish uchun vaqt, to‘g‘ri muhit bor edi. Uning «taqachilar» bilan erishgan muvaffaqiyati bu ularni to‘g‘ri yo‘lga olib chiqa olgani bo‘lmoqda.

«Manchester Yunayted»da Pochettino Londonga ko‘chib kelganidan beri bir qancha murabbiylar ishlab ketishga ulgurdi. Ularning har biri bir qator «qaynoq transferlar»ni amalga oshirdi va klubda birdamlikni ta’minlay olmaganidan keyin iste’foga chiqarilaverdi. Pochettino ham «Old Trafford»dagi faoliyatini Devid Moyes, Lui Van Gal yoki Mourinolar kabi tugatmasligiga kafolat yo‘q.

Bu «taqachilar»da sodir bo‘lmaganiga sabab Pochettino yomon natijalarga erishmagani uchun bo‘lmoqda. Ammo u Daniel Levining ishonchini qozongani uchun klubda uzoq yil qolishiga zamin yarata oldi.

Joriy mavsumda ular imtixondan o‘tishmoqda. O‘tgan yozda hech qanday transferlarni amalga oshirmadi, muxlislar esa tezroq «Uembli»dan «Uayt Xart Leyn»ga qaytishni istashmoqda. Shunga qaramay «Tottenxem» ko‘rsatayotgan o‘yin barqarorligini yo‘qotmagan va natijalar yuqori darajada bo‘lib qolmoqda.

Tarkibda hamon porlayotgan futbolchilar – Kristian Eriksen, Son Xon-Min, Dele Alli va albatta Harri Keyn bor. Bu Pochettino o‘z qo‘llari bilan qurgan jamoa hisoblanadi. Ayni vaqtda ular «Manchester Yunayted»dan ham kuchliroq jamoaga aylangan.

Faqatgina bir necha muammolar bor, bu ba’zi yulduzlarning shartnomasi atrofidagi vaziyat. Agarda klub Keynni jamoada qolishga ko‘ndira olsa va yangi stadion masalasi hal bo‘lsa, muammo yo‘q. Aks holda ular barchasini yana boshidan boshlashi mumkin.

Ayni pallada MYuda Pochettino uchun joy yo‘q. Shunchaki u o‘z loyihasini u erda takrorlay olishiga ishonch yo‘q. Bu esa uning obro‘siga ta’sir qilmay qo‘ymaydi.

MYu ehtiyoj sezayotgan murabbiy bu barchasiga qaramay «yorib chiqadigan» mutaxassisdir. Manchesterliklarga bir kunda barchani oyoqqa turg‘izadigan, tarkibda mavjud futbolchilarning o‘yinini kuchaytira oladigan va turnir pog‘onasidagi o‘rnini sezilarli yaxshilaydigan birisi lozim.

Boisi «Manchester Yunayted» ana shunday jamoa sirasidan. Quruvchiga hech qanday ortiqcha imkon berilmaydi. Keladigan murabbiylarning muvaffaqiyati bu ularning nechta sovrin yutib olishi bilan o‘lchanadi.

Antonio Konte «Chelsi»da buni isbotlagan murabbiy va buni ilk mavsumidayoq amalga oshirgan. U «ko‘klar» tarkibida barqarorlik va intizom o‘rnatgandi. Bunga bo‘ysunmaganlar ham bo‘ldi. David Luis va Diego Kostalar vaqti-vaqti bilan «istalmagan shaxs»ga aylanishdi. Muhimi italiyalik murabbiy Premer Ligani dastlabki mavsumidayoq yutib oldi.

Konte Mourinoning uchinchi mavsumdagi «chala ishlari»ni tezda yakunlab jamoani yaxshilashga erishdi. Ayni vaqtda u ishsiz yuribdi.

Konte «Yuventus» va «Chelsi»dagi muvaffaqiyatlaridan keyin e’tirofga sazovor murabbiylardan biriga haqli tarzda aylandi. Uning «Real» boshqaruviga o‘tishi kutilgandi, biroq xaosda qolib ketgan jamoani Lopetegini qo‘lidan olishni istamadi. U o‘z loyihasini ro‘yobga chiqarishi uchun vaqt talab qiladi.

Kelasi mavsumda u bunday chaqiriqni qabul qilishi mumkin. Ammo MYu ham nima deyishiga italiyalik mutahassis qiziqmoqda. Unga shuningdek «Bavariya» ham «og‘iz solgan».

Shu tufayli Pochettinoning MYuni boshqarishi uchun ayni payt emas. Vazifa Kontega, Konte esa vazifaga mos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
15/01/2019 12:27
Сульшерга мавсумни охиригача имконият берилса керак. Унинг устига унга маслахатчи Фергюсонни узгинаси
&
darwesh
15/01/2019 12:26
Конте яхши мураббийлигига шубха йук. Лекин Конте кийин характерли мураббий. Харажатли мураббий.