
Pogba: MYu xujumkor jamoadir
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Pol Pogba APL doirasida "Vulverxempton"ga qarshi uchrashuv natijalari (1:1) haqida o‘z fikrini bildirdi.
- "Vulverxempton"ga qarshi yaxshiroq o‘ynashimiz darkor. Mezbonlik qilayotgan uchrashuvlarda faqatgina xujum qilishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yishimiz kerak. Raqiblarimiz "Old Trafford"da MYuning xujumlaridan cho‘chishadi deb o‘ylayman.
Shanba kuni yana bir katta xatoga yo‘l qo‘ydik va uyda o‘tkazgan 3 uchrashuvda 4 ochkoni ko‘lga kiritganimiz biz uchun achinarli holat.
O‘tgan mavsum "Liverpul", "Arsenal", "Tottenxem" bilan bo‘lib o‘tgan bahslarda xujumkor o‘yin namoish etgandik va bu yaxshi natija bergandi. "Yunayted" ko‘proq xujum qilishi darkor, - deya Pogbaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com nashri.
Fikrlar