Pogba endi MYuga boshqa sardorlik qilmaydi

  • 25 sentabr, 2018, 21:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba va bosh murabbiy Joze Mourino o‘rtasidagi mojaro yanada keskinlashdi.

Tecno

The Times nashri tarqatgan xabarga ko‘ra portugaliyalik mutaxassis Pogbani sardorlik bog‘ichidan mahrum qilgan. Uning fikricha frantsiyalik futbolchi hali ham sardor qanday bo‘lishini anglab etmagan va “Manchester Yunayted” uning uchun hamma narsadan muhim emas.

Ma’lumotlarga qaraganda Mourinoning fikrlariga jamoa futbolchilari ham qo‘shilishgan.

Eslatib o‘tamiz, Pogba MYuning asosiy sardori Antonio Valensiya jarohat olgan paytda 3ta o‘yinda jamoaga sardorlik qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!