Pogbaning agenti MYu rahbarlari bilan muzokara o‘tkazadi
The Guardian xabariga ko‘ra, futbolchining agenti Mino Rayola noyabr oyida mijozining kelajagi borasida ingliz klubi rahbariyati bilan muzokara o‘tkazadi.
Rayola klub Pogbani qishda sotadimi yoki yozgi transfer oynasida qo‘yib yuboradi shuni bilmoqchi. Aynan nega noyabr oyida uchrashuv bo‘lishining sababi esa u Joze Mourinoning jamoada qolishiga ishonmayotgani bilan bog‘liq.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Pogba Mourinoning qaroriga binoan vitse-sardorlik huquqidan mahrum etilgan edi.

Fikrlar