Portugaliya klasikosida "Benfika" "Portu"dan ustun keldi

  • 3 mart, 2019, 08:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha Portugaliyada ham azaliy raqiblar to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Chempionatning 24-turida “Portu” o‘z maydonida “Benfika”ni qabul qildi. Qiziqarli kechgan uchrashuv yakunda 1:2 hisobida lissabonliklarning g‘alabasi bilan tugadi.

"Portu" – "Benfika" - 1:2

Gollar: Adrian, 18 - 1:0, Joau Felish, 26 - 1:1, Rafa Silva, 52 - 1:2.

"Portu": Kasilyas, Felipe, Telles, Pepe, Manafa, Braimi, Errera, Korona (Soares, 61), Oliver Torres (Danilu Pereyra, 81), Marega, Adrian (Otavio, 61).

"Benfika": Vlaxodimos, Andre Almeyda, Fransishku Ferreyra, Diash, Grimaldo, Samaris, Rafa Silva (Korshya, 88), Pires, Pitstsi (Jedson Fernandesh, 71), Joau Felish (Servi, 90), Seferovich.

Chetlatish: Pires (77).

E’tiborlisi, ushbu g‘alabadan so‘ng "Befika" o‘z hisobidagi ochkolar sonini 59taga etkazib oldi va "Portu"ni (57) ortda qoldirib, peshqadamga aylanib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!