
Povetkin keyingi jangini britaniyalik bokschiga qarshi o‘tkazmoqchi
Rossiyalik og‘ir vaznli bokschi Aleksandr Povetkin o‘zining navbatdagi jangglaridan birini britaniyalik Dillian Uaytga qarshi o‘tkazishni rejalashtirmoqchi.
– Albatta, men Uayt bilan jang tashkil qilinishini istagan bo‘lardim. Ko‘ramiz, voqealar rivojini. Barchasi faqatgina menga bog‘liq emas, – deydi Povetkin.
Avvalroq Uayt Povetkin bilan jang qilish borasida bir-biriga og‘zaki rozilik bergani ma’lum qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida o‘tgan so‘nggi jangda Povetkin 8-ruaundda WBA, WBO va IBF chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshuadan texnik nokaut qabul qilib olgan bo‘lsa, Uayt dekabr oyida Derek Chisorani 11-raundda nokautga uchratdi.
Fikrlar