
Poytaxt klublari kushandalari TOP-6
Oliy liga-2017 yakunlariga oid maqoalar turkumini davom ettiramiz. Bu safar Toshkentning 4 ta jamoasidan eng ko‘p ochko olgan 6 ta jamoa haqida ma’lumot berib o‘tamiz.
6. "Sho‘rtan". 3 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 10:16. 9 ochko
G‘uzorliklar "Lokomotiv" va "Bunyodkor" bilan kechgan har ikkala bellashuvda ham imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, "Paxtakor"ni bir, “Obod"ni ikki bora taslim qilishga muvaffaq bo‘lgan.
5. "Mash’al". 2 g‘alaba, 3 durang, 3 mag‘lubiyat. 8:11. 9 ochko
"Mash’al" "Obod"ni ikki uchrashuvda ham yutgan. "Bunyodkor" bilan o‘yinlarda esa murosa ko‘chasini tanlagan. Shuningdek "Paxtakor" bilan o‘yinda ham Muborakliklar bir bora murosa ko‘chasini tanlashgan. "Temiryo‘lchilar" "Mash’al"ga ochko berishmagan.
4. "Metallurg". 2 g‘alaba, 3 durang, 3 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 11:13. 9 ochko
Bekobodliklar Toshkentning barcha jamoasdian ochko olishgan. "Obod" va "Paxtakor" taslim etilgan bo‘lsa, "Lokomotiv", "Bunyodkor" va "Obod" bilan mehmondagi o‘yinda klub 1 ochko olgan.
3. "Buxoro". 2 g‘alaba, 4 durang, 2 mag‘lubiyat. 5:8. 10 ochko
Mavsumni to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan "Buxoro" jamoasi "Obod"dan 4, "Lokomotiv"dan 3, "Paxtakor"dan 2 va "Bunyodkor"dan 1 ochko olishning uddasidan chiqdi. Buxoroliklar "qaldirg‘ochlar" darvozasiga gol ura olishmadi, "Obod" bilan o‘yinlarda esa o‘z darvozalari dahlsizligini saqlab qolishdi.
2. "Nasaf". 3 g‘alaba, 2 durang, 3 mag‘lubiyat. 11:9. 11 ochko
"Nasaf" poytaxt jamoalariga qarshi uchrashuvlarda 11 ochko jamg‘argan. Ana shu ochkolarning 6 tasi "Obod", 4 tasi "Paxtakor" va 1 tasi "Bunyodkor" bilan o‘yinlarga to‘g‘ri keldi. Vitse-chempion bo‘lgan "ajdarlar" chempionga aylangan "temiryo‘lchilar"dan ochko ololmadi.
1. "Neftchi". 4 g‘alaba, 1 durang, 3 mag‘lubiyat. To‘plar nisbati 7:11
Toshkent klublarining kushandasi "Neftchi" bo‘ldi. Farg‘onaliklar "Paxtakor"ni ikki marta, "Bunyodkor" va "Obod"ni 1martadan mag‘lub etishgan. Farg‘onadan ochko bilan qaytgan poytaxtning yagona jamoasi "Lokomotiv" bo‘ldi.
Furqat Yusupov tayyorladi
Fikrlar