
Poytaxtimizda “Hamdo‘stlik kubogi – 2018” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizda bolalar futbolini rivojlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Xususan, Toshkentning “Spartak” klubi bilan hamkorlikda “Hamdo‘stlik kubogi – 2018” musobaqasi tashkil qilingani haqida avval xabar berib o‘tgandik.
Ushbu musobaqada yurtimizning “Spartak”, “Spartak-2”, “Paxtakor”, “Bunyodkor A”, “Bunyodkor B”, “Lokomotiv” jamoalari bilan birgalikda qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya va Qirg‘izistondan tashrif buyurgan “Ontustik akademiyasi” (Qozog‘iston), BJMORSM-8 (Qozog‘iston), “Akademiya Yug” (Qirg‘iziston), “Ilbirs” (Qirg‘iziston), “Guliston” (Tojikiston), “Xo‘jand” (Tojikiston), DYuSSh KGBO (Rossiya) jamoalarning 14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilari ishtirok etishmoqda.
Natijalar bilan tanishing:
"Ilbirs" – "Guliston" 6-0
DYuSSh KGBO – "Bunyodkor-V" 0-2
"Spartak-2" – "Bunyodkor-A" 0-4
"Akademiya Yug" — "Ontustik" 0-2
"Spartak" — "Xo‘jand" 3-0
"Paxtakor" — "Lokomotiv" 3-1
Musobaqa 7 noyabrga qadar davom etadi.
Fikrlar