Qashqadaryoda maxsus ishchi guruh tomonidan bolalar futboli va futbol akademiyalari bo‘yicha mavjud vaziyat o‘rganilmoqda

  • 11 may, 2018, 16:50
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 16 martdagi PQ-3610-sonli “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 

Tecno

Jumladan, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, Samarqand va Jizzax shaharlarida bolalar futbolini rivojlantirish, murabbiylar malakasini oshirish maqsadida ushbu hududlar bilan ishlash uchun ispaniyalik mutaxassis Kiko Zuniga o‘zbekistonga taklif qilingani haqida avval xabar berib o‘tgan edik.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining yuqoridagi hududlar bo‘yicha mintaqaviy texnik direktori Kiko Zuniga hamda Futbol akademiyalari faoliyati bo‘limi boshlig‘i Zokirjon Xoliqov viloyatlardagi bolalar futboli va futbol akademiyalari bo‘yicha mavjud vaziyatlarni o‘rganish bo‘yicha ish boshlashdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda. 

Qashqadaryo futbol assotsiatsiyasining majlislar zalida bugun 10 may kuni Qashqadaryo viloyati BO‘SMlari va futbol maktab internatlari rahbarlari hamda murabbiylari, Qashqadaryo futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Norqul Daminovlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, viloyatda tashkil etilayotgan futbol akademiyasi bo‘yicha ma’lumot berilib, yuzaga kelgan savollarga javob berildi.

Viloyatlardagi mavjud tizimlar o‘rganib chiqilganidan keyin futbol akademiyalarining mashg‘ulot o‘tkazish dasturi ishlab chiqiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!